Plyaj futboli: O'zbekiston terma jamoasining Osiyo O'yinlaridagi raqiblari ma'lum

Narzulla Saydullayev
14 noya 2014, 12:57
15 noyabr kuni Tailandning Pxuket shahrida plyaj sport turlari bo'yicha Osiyo O'yinlariga start beriladi.
Bugun Osiyo O'yinlarining plyaj futboli musobaqasiga qur'a tashlandi. Unga ko'ra, plyaj futboli bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi S guruhida Xitoy hamda Bahrayn terma jamoalariga qarshi bahs olib boradi. Ahad Yusupov bosh murabbiyligidagi terma jamoa Osiyo O'yinlaridagi ilk o'yinini 15 noyabr kuni Xitoyga qarshi o'tkazsa, Bahraynga qarshi ikkinchi tur o'yini 17 noyabr kuni bo'lib o'tadi.

Eslatib o'tamiz, Osiyo O'yinlari plyaj futboli musobaqasida o'zbekistonlik FIFA referisi Baxtiyor Namozov o'yinlarga hakamlik qiladi. OFK komissari Sanjar Rizaev esa ushbu musobaqada komissar sifatida ishlaydi.

Plyaj sport turlari bo'yicha Osiyo o'yinlari. Plyaj futboli.
 A guruhi: Tailand, Vetnam, Kuvayt, Qatar
 V guruhi: Eron, Ummon, Suriya,
 S guruhi: Xitoy, Bahrayn, O'zbekiston
 D guruhi: Yaponiya, BAA, Malayziya

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com