Plyaj futboli. O'zbekiston - Afg'oniston - 4:9

Narzulla Saydullayev
30 sen 2016, 17:41
Vetnamning Da Nang shahrida sohil sport turlari bo'yicha Osiyo o'yinlari davom etmoqda.

O'z tarixida beshinchi marotaba o'tkazilayotgan ushbu musobaqada plyaj, yani sohil futboli bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi ham ishtirok etdi. Ahad Yusupov bosh murabbiyligidagi sohil futboli vakillarimiz chorak final uchrashuvida kutilmagan mag'lubiyatni qabul qilib olishdi.

Afg'onistonga qarshi qumga tushgan futbolchilarimiz raqibga yirik 4:9 hisobida imkoniyatni boy berishdi. Tarkibga e'tibor qaratadigan bo'lsak, futzalchilardan tashqari sobiq mashhur futbolchi, Tojievlar sulolasining to'ng'ich vakili Zayniddin Tojiev ham bor.

CHORAK FINAL:

O'ZBEKISTON – Afg'oniston 4:9

Yaponiya – BAA 6:2

Tailand – Ummon 1:4

Livan – Vetnam 3:3 (pen. bo'yicha Livan g'olib)

YARIM FINAL (bugun)

Livan – Yaponiya

Ummon – Afg'oniston


O'xshash yangiliklar

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: olamsport.com