PlayStation 5 qachondan sotuvcha chiqishi ma'lum

Sherzod Nurmatov
18 sen 2020, 19:24
Uning narxi ham e'lon qilindi.

Sony kompaniyasi PlayStation 5 taqdimotini o'tkazdi.

Keyingi avlod konsolining saralangan mamlakatlardagi sotuvi 12 noyabrdan boshlanadi, dunyo bo'ylab 19 noyabrdan chiqa boshlaydi.

Konsolning diskovodsiz versiyasi 400 dollar tursa, diskovodlisi esa 500 dollar etib belgilangan.

Shuningdek, PlayStation 5 aksessuarlari narxi e'lon qilindi. Shunday qilib DualSense kontrolleri - 70 dollar, Pulse 3D quloqchini 100 dollarga baholangan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia