Platini: "Ronalduning qaroriga tushuna olmayapman"

Mirjalol Normatov
29 avg 2018
UEFAning sobiq prezidenti Mishel Platini hujumchi Krishtianu Ronalduning "Real"dan "Yuventus"ga o'tgani borasidagi fikrlarini bildirdi.

"33 yoshga kirgan futbolchi yangi sarguzashtlarni istab, ketma ket uch marta YCHLni yutgan jamoasi "Real"ni tark etgani meni xayron qoldirmoqda. 32 yoshimda menga ham ko'plab jamoalar tomonidan qiziqishlar bo'lgandi. Biroq charchagandim va faoliyatimni yakunlagandim. Uning "Yuventus"ga transferi borasida kim birinchi bo'lib bog'langanini bilmayman, ammo Ronalduning "Real"dan ketganiga hech tushunmayapman", - dedi francuz.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: AS