Pirlo: “Zlatan “Milan” uchun judayam muhim”

7 fev 2020, 22:29
“Milan” va “Yuventus” sobiq yarim himoyachisi Andrea Pirlo “rossoneri”lar forvardi Zlatan Ibragimovich haqida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

“Ibra “Milan” uchun o'ta muhim ahamiyat kasb etadi. U jamoaning o'yinga bo'lgan munosabatini ijobiy tomonga o'zgartira oladi. Men buni o'zimning tajribamdan bilaman.

Uning jamoadoshlari har bir mashg'ulotga chin dildan yondashishadi. Chunki Zlatan ulardan 100% kuchlarini sarflashlarni talab qiladi. Bu jarayonda u senga baqirishi, jahlini ko'rsatishi mumkin. Bu kabi xislatga ega futbolchilar kamdan kam uchraydi.

Qolaversa u ilgarigidek kuchga ega bo'lmasada, maydonda ko'p narsalarni o'zgartirib yuborishga qodir. “Manchester Yunayted” safaida to'p tepib yurgan paytida olgan jarohatidan keyin u ilgarigidek samarali o'ynay olmagan bo'lsada, yosh o'tgan sayin maydonda ko'p yugurish emas, balki poziciyani aniq tanlay bilish to'g'ri yo'l ekanligini his qilasan.

Uning keyingi faoliyati faqat o'ziga bog'liq. Men 38 yoshimda faoliyatimni yakunladim, chunki tizzamda og'riqni his qila boshladim”, deydi Pirlo.

O'xshash yangiliklar


Manba: Fotball Italia