Pirlo "Yuventus" boshqaruvidagi birinchi mavsumidan ko'ngli to'lmaganini bildirdi

Sherzod Nurmatov
26 apr 2021, 02:17
Mutaxassis barchasi rejalashtirilganidek chiqmadi deb hisoblaydi.

"Yuventus" bosh murabbiyi Andrea Pirlo Turin klubi boshqaruvidagi birinchi mavsumini baholadi.

"Men har bir o'yindan nimadir o'rganyapman. Mavsum oldidan qilingan taxminlarni hisobga olgan holda mamnunman, deya olmayman. Menimcha, klub ham xursand emas. Biz xohlaganlarimizni amalda ko'rsata olmadik", – deydi murabbiy.

"Yuventus" hozirda A Seriya turnir jadvalida 4-o'rinni egallab turibdi va Chempionlar Ligasi uchun "Napoli", "Milan" va "Atalanta" bilan kurashmoqda.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Football Italia