Pirlo JCHdagi favorit jamoa nomini aytdi

Mirjalol Normatov
18 may 2018, 11:52
Italiya terma jamoasi sobiq yarim himoyachisi Andrea Pirlo JCH-2018dagi favorit jamoa nomini aytdi.

"Men uchun Braziliya terma jamoasi favorit. Ularda iqtidorli va barqaror futbolchilar yig'ilgan terma bor. 2014 yilgi sharmandalikni ular chempionlik bilan yuvishadi", - dedi Pirlo.

Braziliya terma jamoasi guruh bosqichida Shveytsariya (17 iyun), Kosta-Rika (22 iyun) va Serbiya (27 iyun) kabi termalar bilan kurash olib boradi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: euro-football.ru