
O'shanda Pirlo penaltilar seriyasida o'zining 11 metrlik nuqtasidan darvozani ishg'ol qila olmagan.
"Futboldan ketadigan kunim kelishiga uzoq vaqt bor. Ammo bir vaqtlar shu narsa haqida ko'p o'ylaganman. Bu "Milan" safida Istambulda "Liverpul"dan Chempionlar ligasi finalida mag'lub bo'lganimdan so'ng ro'y bergan. Bir necha kun hammasi tugadi deb o'ylagan edim. Futbol o'ynash uchun kuchim qolmagandi" - deydi Pirlo.