Pirlo: "0:2 bizga juda katta saboq bo'ldi"

Mirjalol Normatov
1 fev 2021, 23:30
"Yuventus" bosh murabbiyi Andrea Pirlo Italiya Kubogi doirasida "Inter"ga qarshi o'yindan oldingi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Jamoamning haqiqiy kuchini ko'rmoqchiman. Bu ko'p narsani hal qiladigan o'yin, shu sababli unda tartibli o'ynash kerak. O'zgarishlar qilishga majburmiz. Buffon asosiy tarkibda bo'ladi, Remzi jarohati sababli o'ynamaydi, umid qilamanki, hafta yakunida u sog'lom holatda bo'ladi.

G'oliblik hissini yo'qotganimiz yo'q. Tanqidlar bizning ambiciyalarimizni kuchaytirib yubordi. A Seriyada 0:2 hisobidagi mag'lubiyat bizga juda katta saboq bo'ldi. "Yuventus" bo'lishni o'rganyapmiz. "Napoli"ga qarshi o'yin 3 kundan keyin bo'ldi, shunda ham tezda tiklanib oldik va kerakli darajada o'yin ko'rsatdik. Endi bo'shashmaslik kerak, endigina mavsumning yarmi o'tdi. Oldinda o'yinlar juda ko'p. Biz barchasiga tayyor turibmiz.

"Inter" juda yaxshi himoyalanadi, shu sababli qarshi hujumlardan extiyot bo'lishimiz kerak", - dedi Pirlo.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport