Pires: "Sanchesni yo'qotdik, ammo Mxitaryan - Obameyyang duetidan umid qilamiz"

Aslanov Jasurbek
23 fev 2018, 12:19
"Arsenal" sobiq yarim himoyachisi Rober pires jamoani chililik hujumchi Aleksis Sanches tark etganidan xafa emas.

Sanchesni "Manchester Yunayted"ga sotgan "to'pchilar" mankunianlardan Armaniston terma jamoasi yarim himoyachisi Genrix Mxitaryanni va Dortmundning "Borussiya"sidan gabonlik forvarda Per-Emerik Obameyyangni xarid qilishdi.

"Futbol shunday, bu yerda hamma narsa bo'lishi mumkin. Albatta, "Arsenal" juda kuchli futbolchidan ayrildi. Biroq uning o'rniga yaxshi o'yinchilarga ega bo'ldik. Men uchun hech narsa o'zgargani yo'q. Jamoa bir futbolchidan iborat bo'lmaydi. Sanchesni yo'qotdik, ammo Mxitaryan va Obameyyang duetidan "Borussiya"dagi o'yinlarini umid qilamiz" - deydi Pires.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca