Pires: "Mbappe "Real"ga o'tmay, to'g'ri qildi"

Aslanov Jasurbek
15 dek 2017
"Arsenal" sobiq yarim himoyachisi Rober Piresning fikricha, Fransiya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe joriy mavsum oldidan "Real"ga o'tmay, to'g'ri qildi.

Mbappe joriy mavsum oldidan "Monako" sharafini himoya qilgan edi. Ayni damda u ijara asosida PSJda to'p tepmoqda.

"Mbappe "Real"ga o'tmay, juda to'g'ri qildi. Fransiyada qolish u uchun juda muhim edi. U yosh, Kilian sinovlardan o'tishi kerak. Men uchun bu juda yaxshi yangilik bo'ldi. Zidan va "Real" rahbariyati uni xarid qilmoqchi edi. Bir kun kelib u "Qirollik klubi"ga o'tar. Ammo, takrorlayman, u uchun oila va Fransiyada qolish muhim edi" - deydi Pires.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca