Pioli: "Rahbariyat meni doim qo'llab-quvvatlaydi"

Mirjalol Normatov
30 apr 2021, 23:50
"Milan" bosh murabbiyi Stefano Pioli jamoasining A Seriyadagi o'yinlari haqida gapirdi.

"Mavsumning yarmi biz uchun ajoyib o'tgandi. Ayni damdagi natijalar esa biroz yomonroq. Jamoadagilarga doimo yaxshi munosabatda bo'lishgan.

O'z kuchimizni namoyish qilishimiz kerak. Sifat, jamoaviylikni ko'rsatib, doimo kuch to'plab borish kerak. Agarda shunday qila olsak, kerakli natijalarga erishib bora olamiz.

Rahbariyat tomonidan qo'llab-quvvatlovda hech qanday kamchilik bo'lmagan. Odamlar tushunib turibdi, bu futbol. Futbolda oson bo'lmagan holatlar juda ko'p.

Rahbariyat doimo mening tomonimda. Men ajoyib klubda ishlayapman, shu boisdan mendan juda ko'p narsalarni kutishmoqda", - dedi Pioli.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Football Italia