Pioli: "Kuch bo'yicha "Tottenxem"dan ortda emasmiz"

Mirjalol Normatov
14 fev 2023
"Milan" bosh murabbiyi Stefano Pioli YCHL doirasida "Tottenxem"ga qarshi o'yin oldidan fikrlarini bildirdi.

"Kuch bo'yicha "Tottenxem"dan ortda emasmiz, bunga ishonaman. YCHLni yutish - eng katta orzuimiz. Ammo hozir buni o'ylashdan ortiq mantiqsizlik yo'q. Bir hafta oldin "Tottenxem" o'z maydonida "Manchester Siti"ni mag'lub etdi. Amom biz Kontening jamoasidan kuchli ham, kuchsiz ham emasmiz. Bu katta o'yin bo'ladi. Asosiy maqsadimiz - yaxshi o'yin ko'rsatish", - dedi Pioli.

Uchrashuv bugun tunda soat 01:00da start oladi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sky Sports