Pim Verbek: "KXDR O'zbekistonning to'rt yil avvalgi natijasini takrorlashi mumkin"

Aziz Tukhtamuradov
24 dek 2014, 12:45
Osiyo futbolidan yaxshi xabardor bo'lgan gollandiyalik murabbiy Pim Verbek yanvar oyida boshlanishi kutilayotgan Osiyo Kubogi borasida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Avstraliyada bo'lib o'tadigan turnirda kim g'alaba qozonishini tahmin qilish qiyin. Turnir boshlanishiga bir necha hafta qolmoqda. Terma jamoa murabbiylari esa o'z shogirdlari bilan tayyorgarlikka zo'r bermoqdalar.

Ammo, turnir g'olibligi uchun asosiy favoritlar Janubiy Koreya va Yaponiya terma jamoalaridir. Shuningdek, o'z maydonida o'ynayotgan Avstraliya ham g'olib chiqishi mumkin.

Ko'pchilik e'tibor bermayotgan Xitoy terma jamoasi ham raqiblariga syurpriz tayyorlashi mumkin.

Notanish bo'lgan KXDR terma jamoasi esa to'rt yil avvalgi O'zbekistondek o'zidan yaxshi taassurot qoldirishi kutilmoqda", - deydi Verbek.


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: championat.asia