Pikford "Liverpul"ga qarshi derbi haqida: "O'zimiz va muxlislar uchun ularni mag'lub etmoqchimiz"

Sherzod Nurmatov
7 iyun 2020, 00:24
"Everton" darvozaboni Jordan Pikford "Liverpul" bilan o'yin haqida to'xtaldi.

"Biz har bir o'yinda g'alaba qozonishni xohlaymiz va har qanday derbi muxlislar hamda futbolchilar uchun juda muhimdir.

Qanchalik yaxshi o'ynashimizni ko'rsatmoqchimiz va g'alaba qozona olamiz. Ular jadvalda yetakchilik qilayotgani va kuchli jamoa ekanligini tushunamiz. Biroq yutuqqa erishish uchun qo'limizdan kelganicha harakat qilamiz. 

Jamoamiz g'alaba uchun zarur bo'lgan barcha fazilatlarga ega. O'zimiz va muxlislar uchun "Liverpul"ni mag'lub etmoqchimiz”, – dedi Pikford.

Eslatib o'tamiz, mavsum restartida "Everton" va "Liverpul" o'zaro to'qnash keladi. Premer-liga 30-turidan o'rin olgan bu uchrashuv 21 iyun kuni o'tkaziladi. 

APL turnir jadvali, taqvimi va to'purarlar ro'yxati

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Sky Sports