

Manbaga ko'ra, futbolchiga tegishli bo'lgan Kosmos kompaniyasi Ximnastik jamoasining akciyalarini to'liq qo'lga kiritgan. Avvalroq, Pike Ispaniyaning beshinchi divizion vakili bo'lgan Andorra klubini sotib olgandi.
Qayd etilishicha, Ximnastik kelasi mavsumdan boshlab Andorraning zaxira jamoasi bo'ladi. Shuningdek, klubni qaytadan tuzish rejalashtirilmoqda.
Eslatib o'tamiz, Pike tennis bo'yicha Devis Kubogi musobaqasining tashkilotchisi ham hisoblanadi.



