Pike: "Ronaldu va Drogbaga qarshi kurashda qiynalganman, ammo jahonning eng yaxshi futbolchisi Messi"

Aslanov Jasurbek
13 mar 2015, 16:10
"Barselona" himoyachisi Xerard Pike o'zining "Feysbuk"dagi sahifasida jonli ravishda muxlislar savollariga javob berdi.

Futbolchiga ko'plab savollar yuborildi. Ular orasida quyidagi savol ham bor edi: "Qaysi hujumchiga qarshi o'ynash qiyin bo'lgan?

- Ronaldu va Drogbaga qarshi kurashda qiynalganman" - deydi Pike.

Jahonning eng yaxshi futbolchisini so'ragan muxlisga Pike Argentina hujumchisi Lionel Messi deb javob berdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com