Pike: "O'ylashimcha, Messi "Selta" bilan o'yinda ishtirok etadi"

Aslanov Jasurbek
2 apr 2015, 10:49
"Barselona" himoyachisi Xerard Pikening takidlashicha, "Selta"ga qarshi Ispaniya chempionati 29-tur o'yinida hujumchi Lionel Messi ishtirok etishi mumkin.

Messi "Manchester Siti"ga qarshi uchrashuvda jarohat olgan edi.

"Men optimistman. Messi bilan suhbatlashdim. O'ylashimcha, u "Selta"ga qarshi o'yinda maydonga chiqa oladi" - deydi Pike.

"Selta" - "Barselona" uchrashuvi 5 aprel kuni bo'lib o'tadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com