Pike kelajakda "Barselona" prezidenti bo'lishi mumkin

Aslanov Jasurbek
21 mar 2024
Jerar Pike kelajakda "Barselona" prezidenti bo'lishi mumkinligini rad etmadi.

"Agar klubimga yordam bera olsam... Kichkinaligimdan "Barselona" muxlisiman, har yakshanba "Kamp Nou"ga bor edik. Qo'limdan yordam berish kelsa, albatta bajaraman.

Hozir men prezident bo'ladigan payt deb o'ylamayman. Ayni damda bor e'tiborim ispan mediyaligasiga qaratilgan. Kelajakda nima bo'lishini bilmaysan, ammo "Barselona" prezidentiga aylanish imkoniyati bo'lsa, uni qo'ldan boy bermayman.

Kataloniya klubi rahbariya bo'lish - katta mas'uliyat, ammo bu ishga kirishsam, klubni o'zgartirib yuborgan bo'lar edim. Kelajakda bu variantni ko'rib chiqishim mumkin, ammo hozir emas" - deydi "Barselona" sobiq himoyachisi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Barca Blaugranes