Pike "Facebook"da muxlislar savoliga javob berdi

Aslanov Jasurbek
16 mar 2015
"Manchester Siti"ga qarshi Chempionlar ligasi 1/8 final javob uchrshauvidan oldin "Barselona" himoyachisi Xerard Pike "Facebook" ijtimoiy tarmog'ida muxlislar savoliga javob berdi.

- Siz birga o'ynagan eng yaxshi himoyachi?

- Karles Puyol va Ferdinand.

- Agar futbolchi bo'lmaganingizda, qaysi sport turini tanlagan bo'lardingiz?

- Basketbol yoki tennis.

- UEFA Chempionlar ligasidagi birinchi o'yinigizni eslay olasizmi?

- Albatta, "Fenerbaxche"ga qarshi bahsda Chempionlar ligasida debyut qilganman. O'shanda 17 yoshda edim.

- Chempionlar ligasining nimasi sizga ko'proq yoqadi?

- O'yindan oldin turnir madhiyasini tinglash va jahonning eng yaxshi futbolchilariga qarshi to'p tepish!

- Siz ko'proq himoyalanishni yoqtirasizmi yoki gol urishni?

- Himoyalanish! Ammo gollar ham himoyachiga katta xursandchilik olib keladi!

- Qaysi hujumchilarga qarshi o'ynash qiyin bo'lgan?

- Krishtianu Ronaldu va Dide Drogba.

- Hozir ham Manchester sizga yoqadimi?

- Albatta. U erda vaqtimni juda yaxshi o'tkazganman!

- Jamoangiz bu mavsumda 3ta sovrinni qo'lga kirita oladimi?

- Bu mavsumda ko'p muvaffaqiyatlarga erishishimiz mumkin.

- Puyol va Sesk Fabregasni sog'inasizmi?

- Sog'inish ham gapmi... Jamoamizdan kim ularni sog'inmas ekan?

- Lionel Messi - siz bilan to'p tepganlar ichida eng yaxshisimi?

- So'zsiz!

- Sevimli golingiz?

- "Santyago Bernabeu"dagisi. O'shanda 6:2 hisobida g'alaba qozongan edik.

- Bolaligingizdagi kumiringiz?

- Stoichkov va Kuman.

- "Barselona"dagi eng yaxshi davringiz?

- Bir mavsumda 3ta sovrin qo'lga kiritganimiz.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: football.kulichki.net