Pike "El Klasiko"da qatnashadimi?

Eldor Akmurzayev
8 apr 2021
AS manbasiga ko'ra, “Barselona” himoyachisi Jerar Pike La Liga 30-turidan o'rin olgan “Real”ga qarshi safardagi o'yinda ishtirok etolmaydi.

Klub shifokorlari Pikeda tizzasi bilan bog'liq muammolarni aniqlashgan.

Avvalroq, Filippe Koutino uchun mavsum yakunlangani ma'lum bo'lgandi.

Eslatib o'tamiz, “Real” – “Barselona” uchrashuvi Toshkent vaqti bilan 11 aprelga o'tar kechasi 00:00 da start oladi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: AS