

Futbolchi 29 dekabr kuni "Eybar"ga qarshi o'yinda tizzasidan jarohat olgan va o'sha vaqtdan buyon o'yinlarda ko'rinish bermadi. Katta ehtimol bilan ushbu mavsumda uni maydonda ko'rmaymiz.
Koutino ushbu mavsum "Barselona" tarkibida 14 o'yinda qatnashib, 3 gol va 2 assist qayd etdi. Uning klubi bilan shartnomasi 2023 yilga qadar davom etadi.



