Pike YCHLda 100 ta o'yin o'tkazgan o'ninchi ispaniyalik futbolchi bo'ldi

4 okt 2018, 07:38
Kecha YCHL 2-turi doirasida “Barselona” Londonda “Tottenxem”ga qarshi bahs olib borib, 4:2 hisobida g'alaba qozondi.

Jamoa safida asosiy tarkibda maydonga tushgan 31 yoshli Jerar Pike uchun bu o'yin YCHLdagi 100-bellashuv bo'ldi.

Pike shulardan 96 tasini “Barselona” safida o'tkazgan bo'lsa, yana 4 ta o'yinda MYU safida maydonga tushgan. U shuningdek, 100 lik marrani bosib o'tgan o'ninchi ispaniyalik fubtolchi bo'ldi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Squawka