PFL: “Lokomotiv”ga Toshkent derbisida texnik mag'lubiyat yozildi

Narzulla Saydullayev
7 iyun 2018, 16:52
Futzal bo'yicha O'zbekiston chempionatining 11-turidan joy olgan “Paxtakor” - “Lokomotiv” o'yinida mehmonlarga texnik mag'lubiyat yozildi.

Uchrashuvga mas'ul etib tayinlangan PFL komissari Jahongir Rahmatullaevning bildirgisiga ko'ra, “Lokomotiv” futbolchilari o'yinda ishtirok etishdan bosh tortgan.

Avval aytilgani kabi, futzal va ayollar jamoalaridagi muammo uchun jamoa rahbariyati javobgardir. PFL komissiyasi hozircha texnik mag'lubiyat jazosi bilan cheklanadi. Agar futzal klubida qandaydir muammo bo'lib, u tez orada bartaraf etilmasa, “Lokomotiv” masalasi qayta ko'rib chiqiladi.

Ma'lumot uchun, futzal formatiga ko'ra, “Lokomotiv” ertaga “Paxtakor”ga qarshi takroriy o'yinda zalga chiqishi kerak.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pfl.uz