PFL endi g'oliblarni pul mukofotlari bilan taqdirlamaydi

Aslanov Jasurbek
9 mar 2016, 17:35
PFL yangi mavsum uchun yangilangan Reglamentni ishlab chiqdi.

Xabaringiz bor, o'tgan yilgi Reglamentning 15-bo'limida O'zbekiston Superkubogi sohibi (“Lokomotiv”) 50 million, O'zbekiston chempioni (“Paxtakor”) 500 million, 2-o'rin sohibi (“Lokomotiv”) 300 million, 3-o'rin egasi (“Nasaf”) 200 million, O'zbekiston Kubogi sohibi (“Nasaf”) 200 million, O'zbekiston Birinchiligi g'olibi (“Obod”) 150 million, 2-o'rin sohibi (“Oq-tepa”) 50 million so'm pul mukofotlari bilan taqdirlanishi yozib qo'yilgandi. 

Yangi Reglamentda yozilishicha, 2016 yilgi mavsum g'oliblari pul mukofotlarini qo'lga kiritmaydi. Faqatgina kubok, medallar va diplomlar bilan mukofotlanadi.  


O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia