Peti Messini zaxiraga o'tkazish kerakligini ta'kidladi

Sherzod Nurmatov
17 fev 2022
Fransiyalik sobiq futbolchi Emmanuel Peti PSJ hujumchisi Lionel Messining o'yini haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Hozir u "Barselona"da o'ynagan, biz bilgan Messining soyasi. Qarang, "Manchester Yunayted"da Ronaldu bilan nimalar bo'lyapti. Rangnik uni zaxira o'rindig'iga o'tkazdi, keyinroq esa u "Old Trafford"da gol urdi. Ehtimol, Messi bilan ham xuddi shunday amaliyotni joriy etish kerakdir, lekin u bunga rozi bo'larmikan?", – dedi Peti. 

Messi parijliklar safida 21 uchrashuvda 7 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: RMC Sport