Peti: "Mbappe PSJdan ketmasa, "Oltin to'p" yuta olmaydi"

Omonjon To`xtamirzayev
1 may 2023, 13:12
JCH-1998 g'olibi, "Arsenal" va "Barselona" sobiq futbolchisi Emmanuel Peti Kilian Mbappening "Oltin to'p" yutish imkoniyatlariga shubha bilan qaramoqda.

Mbappe bu sovrinni qo'lga kiritish uchun boshqa jamoaga ketishi kerak.  

- U francuz futbolida jamiyki rekordlarni yangiladi, ammo Chempionlar Ligasida g'alaba qozonish uchun va dunyoning eng yaxshisi bo'lib, "Oltin to'p"ni olish uchun PSJdan ketishi kerak. "Oltin to'p" uchun Mbappeda etarlicha salohiyat bor, - deya Peti so'zlaridan iqtibos keltiradi "Legal Sportsbook".

Eslatib o'tamiz, Mbappe parijliklar safida 2017 yildan buyon to'p tepadi. Poytaxtga u "Monako"dan ko'chib o'tgan. 

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: soccer.ru