Peruda "Barselona" muxlislari o'tirgan avtobus falokatga uchradi

Mirjalol Normatov
16 fev 2020, 14:55
Ekvadorning "Barselona" klubining bir necha muxlislari ishtirokida tragedik hodisa yuz berdi.

"El Universo" xabariga ko'ra, muxlislar Libertadores kubogi 2-turi doirasida "Sporting Kristal" - "Barselona" (2:1) uchrashuvini o'tkazib, Limadan qaytayotganda avtobus falokatga uchragan. Avtobus 15 metrlar balandlikdan bir necha bora ag'anab qulagan.

Avtobusda 50ga yaqin insonlar bo'lgan. 30 kishi jarohatlangan. 12 kishi samolyot yordamida Ekvadorga etkazilgan. 8 kishi esa vafot etgan.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: El Universo