Peru sardori JCH-2018ga rasman bormaydigan bo'ldi

Peru terma jamoasi sardori Xose Paolo Gerrero JCH-2018ga bormasligi rasman ma'lum bo'ldi.

Sport arbitraj sudi (CAS) WADA, yani Butunjahon antidoping tashkiloti talabi bilan futbolchining 6 oylik diskvalifikaciya muddatini 14 oyga uzaytirdi. Aslida Gerrero 3 noyabr kuni 12 oy muddatga chetlatilgan edi. 

Shu tariqa, Gerreroning JCH-2018da ishtirok etmasligi rasman oydinlashdi. Hozirda Peru terma jamoasi sardoriga Moskvaning “Lokomotiv” klubi qiziqish bildirmoqda. 

Eslatib o'tamiz, Gerreroning qon tarkibida kokain metaboliti – benzoilekgonin moddasi topilgan edi. Doping-tahlil o'tgan yilning 5 oktyabr kuni Argentinaga qarshi kechgan JCH-2018 saralash o'yini oldidan olingandi.


Manba: