Perishich Xitoyga ketadimi? Unga ajoyib taklif bor

22 iyun 2019, 21:02
"Inter" yarim himochyachisi Ivan Perishich faoliyatini Xitoyda davom ettirishi mumkin.

30 yoshli xorvatiyalik vingerga "Shanxay Shenxua" klubidan taklif tushgan. Xitoy jamoasi Perishich uchun "Inter"ga 25 million evro, futbolchining o'ziga 3 yillik shartnoma uchun 36 mln. evro taklif qilgan.

Ortda qolgan mavsum Perishich A Seriyaning 34 o'yinida 8 ta gol urdi va 5 ta assist muallifiga aylandi.  U Xitoyga yo'l oladimi? Birgalikda kuzatamiz.


O'xshash yangiliklar


Manba: twitter.com/NicoSchira