Perishich: "Inter" har qanday raqibni yuta oladi, endi "Yuventus" haqida o'ylayapmiz"

Aslanov Jasurbek
22 apr 2019, 17:37
"Inter" yarim himoyachisi Ivan Perishich "Yuventus"ga qarshi bo'lib o'tadigan A Seriyaning 34-tur uchrashuvi haqida fikr bildirdi.

Bu bahs 27 aprel kuni bo'lib o'tadi.

"Har qanday jamoani mag'lub eta olamiz, endi "Yuventus" haqida o'ylayapmiz. Turnir jadvalida uchinchi o'rinni egallamoqchimiz. Asosiysi - Chempionlar ligasida ishtirok etish. "Yuventus" so'nggi sakkizta skudettoni yutdi. Ular kuchli va bu erga g'alaba uchun kelishadi, shu sababli raqibdan kuchliroq bo'lishimiz kerak.

Hafta davomida bu bahsga yaxshi tayyorgarlik ko'ramiz. Biz ko'p vaziyat yaratamiz, biroq ulardan foydalana olmaymiz" - deydi xorvatiyalik futbolchi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Inter.it