Pereyra "Manchester Yunayted"dan ketmoqchi

Alisher
17 avg 2021
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Andreas Pereyra klubdan kyetishga yaqin.

O'yinchi manchesterliklar rahbariyati bilan kelajagini muhokama qilish uchun uchrashishni rejalashtirmoqda.

Unga "Flamengo" qiziqish bildirmoqda, ammo Braziliya klubi o'yinchini ijaraga olmoqchi, bu esa MYUni qoniqtirmayapti.

O'yinchining o'zi ham boshqa klubga to'laqonli asosda o'tmoqchi. Eslatib o'tamiz, Pereyra "Manchester Yunayted"da 2015 yilda debyut qilgan.

U shuningdek ijara asosida "Valensiya" va "Lacio"da o'ynagan. Uning "qizil iblislar" bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilning o'rtalariga qadar mo'ljallangan.


AlisherMuallif
Manba: ESPN