Peresning hafsalasi pir bo'ldi va u "Real"ga Mourinyoni qaytarmoqchi

Aslanov Jasurbek
16 mar 2016, 14:47
"Real" bosh murabbiyi Zinedin Zidan klub prezidenti Florentino Peresning ishonchini yo'qotdi.

Jamoaning manosiz o'yini Peresga yoqmayapti. Zidan Rafael Benites "Qirollik klubi"ni tark etganidan so'ng, bosh murabbiy vazifasiga tayinlangan edi. Ammo Peres jamoaning o'yinida jiddiy o'zgarishlar ko'rmadi. Natijada klub prezidenti "Real" sobiq ustozi Joze Mourinyoni "Qirollik klubi"ga qaytarmoqchi. Hozircha portugaliyalik mutaxassis Peresning taklifini qabul qilmoqchi emas, ammo Madrid klubi prezidentining fikricha, yulduzlar bilan faqat Mourinyo ishlay oladi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Voz Pópuli