Peres: "Real"ga Mbappe va Neymar kerak emas"

Alisher
28 may 2019
"Real" prezidenti Florentino Peres PSJ hujumchilari Kilian Mbappe va Neymarning madridliklar tarkibiga o'tishi haqidagi mish-mishlarga munosabatini bildirdi.

"Men Zidanga Mbappe haqida ham, Neymar haqida ham, umuman boshqa hech kim haqida ham gapirmaganman. Mbappe bilan hech qanday muloqotlar bo'lmagan", - deydi Peres.

"Biz o'tgan mavsumda ularni kuzatmayotganligimizni aytdik va bu yil ham xuddi shunday. Mbappe va Neymar bizga kerak emas. Agar biz o'yinchilarni sotib olishni xohlasak, ularning klublari bilan gaplashamiz", - deydi "Real" prezidenti.


AlisherMuallif
Manba: El Trans Onda Cero