Peres: "Real" va Ramos doimo birga bo'ladi"

Aslanov Jasurbek
17 avg 2015, 22:15
"Real" prezidenti Florentino Peres Serxio Ramosning klub bilan shartnoma uzaytirganiga izoh berdi

Bugun 29 yoshli himoyachi madridliklar bilan shartnomani 2020 yilgacha uzaytirdi.

"Bugun ajoyib kun. Serxio Ramos biz bilan yana besh yil qolishidan "Real" xursand. Ramos - "Real" timsoli, u o'z irodasi, g'alabaga bo'lgan intilishi tufayli barchaning qalbidan joy oldi. "Real" va Ramos doimo birga bo'ladi" - deyi Peres.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com