Peres megatransferni rejalashtirmoqda

Sherzod Nurmatov
11 okt 2024
Ispaniyaning "Real" klubi Angliyaning "Liverpul" jamoasi hujumchisi Muhammad Saloh bilan shartnoma tuzmoqchi.

Xabar qilinishicha, Salohning ingliz klubi bilan shartnomasi kelasi yozda tugaydi va uni uzaytirishda muammolar bo'lishi mumkin – futbolchi va klub o'rtasida bu borada kelishuv yo'q. 



"Real" prezidenti Florentino Peres bundan unumli foydalanib, joriy mavsum yakunida misrlik futbolchini erkin agent sifatida olib kelmoqchi. Muhammad Salohga "Real"dan tashqari Fransiyaning PSJ klubi ham qiziqish bildirmoqda.

Muhammad Saloh "Liverpul"ga 2017 yilda kelgan. "Qizillar" bilan u Premer-liga chempioniga aylangan va Chempionlar Ligasida zafar quchgan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Anfield Watch