Peres: "Futbol xastalangan"

Оқил Абдубарноев
2 okt 2022, 23:32
"Real Madrid" prezidenti Florentino Peres yana Superliga g'oyasini ilgari surdi.

Peres so'nggi yillarda Yevropaning elita futbol klublarini UEFA musobaqalaridan ajralib chiqishga undashda yetakchi shaxs bo'lgan va u 2021 yilda taklif qilingan Superliganing raisi bo'lgan.

"Muammoni hal qilish uchun avvalo muammo borligini tan olish kerak", dedi Peres yakshanba kuni klubning umumiy yig'ilishida. “Bizning sportimiz kasal. U global sport sifatidagi yetakchiligini yo'qotmoqda.

Yuqori raqobatdagi o'yinlar tomoshabinlarning hayajonini qaytarishga yordam beradi.

Tennisda Nadal va Federer 15 yil ichida 40 marta to'qnash kelgan. Nadal va Jokovich 16 yil ichida 59 ta o'yin o'tkazishdi. Futbolda esa biz 67 yil ichida “Liverpul” bilan atigi 9 marta o'ynadik. Evrokuboklar tarixida “Chelsi” bilan to'rt marta bellashganmiz. Muxlislarni bu o'yinlardan mahrum qilishning qanday manosi bor?”

Biz barcha sport turlari bo'yicha yetakchi edik, hozir esa 13-o'ringa tushib qoldik. Futbol boshqa sport va boshqa platformalarga qarshi global kurashda mag'lub bo'lmoqda.

Bizga o'tgan asrda ishlab chiqilgan eski tuzilmalarga asoslanmagan, professional, zamonaviy, shaffof boshqaruv kerak.

Yaqinda Yevropa klublari assotsiatsiyasi raisi (Pari Sen-Jermen prezidenti Nosir al Xelayfi) Superliga haqida gapirar ekan, “Real Madrid” raqobatdan qo'rqadi deb aytdi. Balki ECA prezidentiga "Real Madrid" qanday klub ekanligini eslatib qo'yish kerakdir. Raqobat bizning DNKimizda bor”, - dedi Peres.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: AS