Pepening otasi "Real"dagilarni tanqid qildi

Aslanov Jasurbek
18 noya 2017, 10:50
"Real" sobiq himoyachisi Pepening otasi Anael Madrid klubi mamuriyatining hamkorlik usullari va o'yin tarkibini tanqid qildi.

Anael o'g'li Ispaniya chempionlari bilan yangi shartnoma imzolamasdan, "Beshiktosh"ga o'tgani sababini aytib berdi.

"Bunday klublar futbolchilarga bosim o'tkazishadi va ularning suvini siqishadi. Futbolchilar charchab, holdan toyganda, jamoadagilar ular bilan boshqacha muomalada bo'lishadi, ularning qadriga yetishmaydi. Agar futbolchi irodali bo'lsa, u yutilgan sovrinlarga qaramay o'sishda davom etish yo'llarini topadi.

Odatda shartnoma yakunlanishiga bir yil qolganda klub vakillari futbolchilarga qo'ng'iroq qilib, uni uzaytirishni taklif qilishadi. Pepega qo'ng'iroq qilishmadi, keyinroq esa unga yana o'sha moliyaviy shartlarni taklif qilishdi. Shu sababli yangi shartnoma imzolamaslikka qaror qildik" - deydi Pepening otasi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Globo Esporte