Pepe Saudiya Arabistoni klubiga o'tishi mumkin

Sherzod Nurmatov
24 avg 2023, 15:40
"RMC Sport" xabariga ko'ra, "Arsenal" hujumchisi Nikolya Pepe jamoani tark etish ehtimoli bor.

Manbaga ko'ra, 28 yoshli ivuarlik futbolchi "Beshiktosh"ga o'tishi muvaffaqiyatsizlikka uchragach, Saudiya Arabistoni klubiga o'tmoqchi.

Pepe 2019 yilning yozida 80 million evro evaziga "Lill"dan "Arsenal"ga o'tgandi. Futbolchining "kanonirlar" bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar tuzilgan.

Pepe o'tgan mavsum ijara asosida "Nicca"da o'ynadi. U klub safida 28 ta o'yinda 8 ta gol urdi va 1 ta golli pas uzatdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: RMC Sport