

“Chempionlar ligasi o'ynash yo'qimli. Men esa hozir faoliyatimga kuchli ta’sir ko'rsata olgan klub tarkibida o'ynamoqdaman. Qaytganimdan xursandman. Biz “Portu” avvallari YCHLda ko'rsatgan sifatni ko'rsatishimiz kerak. Katta ishtiyoq va kayfiyat bilan o'yinga boramiz. G'alaba uchun hammasini qilamiz. “Roma” - yaxshi jamoa. Biz o'yinga tayyormiz va bor diqqat-e'tiborimiz unga qaratilgan. Raqibni hayron qoldirishga harakat qilamiz”,-deydi Pepe.
Eslatib o'tamiz, “Roma”-“Portu” bellashuvi bugun tungi soat 01:00 da boshlanadi.



