Pepe Portugaliya lagerini tark etdi

Оқил Абдубарноев
21 sen 2022
Portugaliya terma jamoasining tajribali himoyachisi Pepe jamoa lagerini tark etdi. Bu haqda Portugaliya futbol federatsiyasi xabar berdi.

Pepening "Yevropaning Braziliyasi" lagerini tark etishi uning jarohati bilan bog'liq.

Shu tariqa, himoyachi Portugaliya terma jamoasiga Chexiya (24 sentyabr) va Ispaniya (27 sentyabr)ga qarshi o'yinlarda yordam bera olmaydi.

Avvalroq Portugaliya terma jamoasi hujumchisidan ayrilgandi - Rafa Silva shaxsiy sabablarga ko'ra terma jamoadagi faoliyatini yakunlashga qaror qilgandi.

Qayd etish joiz, noyabr oyida Qatarda yo'l oladigan Portugaliya terma jamoasi jahon chempionatida Koreya, Gana va Urugvay bilan bir guruhda joy olgan.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: fpf.pt