

Karlo Anchelotti shogirdlari hal qiluvchi o'yinda "Barselona" bilan to'qnash keladi. Pepening fikricha, madridliklar kubokni boshi uzra ko'taradi.
"Umid qilamanki, "Real" g'alaba qozonadi. Biroq buni amalga oshirish juda qiyin bo'ladi deb o'ylayman. O'yin uchun taxmin? Valverde va Ryudigerning gollari evaziga "Real"ning 2:0 hisobidagi g'alabasi", – dedi Pepe.
26 apreldan 27 aprelga o'tar kechasi o'tkaziladigan final qizg'in o'tishni vada qilmoqda.



