Pepe: "Yevropadagi faoliyatim 5 evro bilan boshlangan"

Mirjalol Normatov
17 yanv 2021
"Portu" himoyachisi Pepe 18 yoshida Braziliyadan Yevropaga ko'chib o'tganidagi qiyinchiliklari haqida gapirdi.

"Bu erga kelganimda hozirgi 5 evrolik pulim bo'lgan holos. Bunga men telefon kartochkasini sotib olib, onamga barchasi joyida ekanligini aytganman.

Onamni xavotirga qo'ymaslik uchun och qoldim. Reysim kechasi soat 11da edi. Aeroport xodimidan eb olish uchun nimadir bormi, deb so'radim. Yonimda pulim yo'qligini aytdim. U menga qaradi-da, patnisda bir qancha eguliklar olib keldi. O'sha kundan buyon men ham odamlarga yordam berish haqida o'ylayman. O'sha kun menga juda qattiq ta’sir qilgan va hayotimni o'zgartirib yuborgan", - dedi Pepe.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Expresso