"Real" futbolchisi Pepe "Atletiko"ga qarshi o'yin borasida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Anchelotti futbolda juda katta tajribaga ega va bizni ushbu o'yinda ajoyib tarzda tayyorladi. Chicharito? Ha, u anchadan beri o'ynamayotgandi. Ammo, ushbu o'yinda u o'z vazifasini bajarib "Real" muxlislarini xursand qila oldi", - deydi futbolchi.