Pep Gvardiola: "Xoland har o'yinda 5tadan gol urishi kerak"

Mirjalol Normatov
12 mar 2023
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola xazilona ravishda hujumchisi Erling Xolandning har o'yinda beshtadan gol urishi kerakligini aytdi.

"U har o'yinda beshtadan gol urishi kerak. Xoland gol ura olmasa, unga bosim o'tkazishmoqda. Biroq bu yigitcha, bosimni his qilmayapti, chunki u mavsumni zo'r o'tkazmoqda. Birinchi bo'limda ham unda bir qancha vaziyatlar bo'ldi. Penaltidan ham gol urish oson emas! Xoland doimo yonimizda va u har daqiqadan zavq olmoqda. Erlingning gollarni nishonlashini ko'rsangiz, bu erda qanchalar xursand ekanligini ko'rish mumkin. Biz ham undan mamnunmiz.

U hali yosh. Uning xarakteri shundayki, penaltidan gol ursa ham shubxa bo'lmasligi kerak. Balki bu juda yaxshidir. Uning statistikasi barchasiga guvohlik beryapti. Bu ligada shunchalar ko'p gol urdiki, hali endigina mart oyidamiz. E'tiborni yo'qotmasligi - uning eng zo'r sifati. Buni u bilan birga ishlab bildim.

Albatta, u ham bosimni his qiladi. Bosim - yaxshi narsa, u orqali Xoland o'zini o'nglab oladi va o'zining maksimumini ko'rsatishiga turtki beradi", - dedi "shaharliklar" ustozi.

Ushbu mavsumda 22 yoshli futbolchi "Man Siti" tarkibida 34 o'yinda 33 gol va 5 assist qayd etdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal