Pep Gvardiola: "O'tkazib yuborilgan goldan keyin yaxshi o'ynashni boshladik"

Mirjalol Normatov
4 sen 2022, 00:31
APLning 6-turi doirasida "Aston Villa"ga qarshi o'yindan keyin "Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Yaxshi o'yin ko'rsatdik. Ammo 90 daqiqa mobaynida darvozamizga yo'llangan yagona zarbadan gol o'tkazib yubordik. Ayniqsa birinchi bo'limda raqib jarima maydonchasi yonida oddiy xatoliklarga yo'l qo'ydik. Barchasi qo'limizda bo'lgan paytda ham bundan foydalana olmadik.

O'tkazib yuborilgan goldan keyin yaxshiroq o'ynay boshladik. Ko'plab vaziyatlar boy berildi. Raqiblar yaxshi, tartibli va kuchli himoyalanishdi. Bizning o'yinimiz esa raqib jarima maydonchasida gollar urish uchun etarlicha vaziyat yaratishga qodirligini ko'rsatdi. 

Faqatgina bir vaziyat yoqimsiz bo'ldi. Uoker jarohat olib, almashtirishni so'radi. Hozircha buning sababini bilmayman. Oldinda o'yinlar juda ko'p. Har bir bahs og'ir o'tyapti. Buni bilaman", - dedi Gvardiola.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal