Pep Gvardiola: "Atletiko" MYUdan 180 daqiqa yaxshiroq o'ynadi"

Narzulla Saydullayev
18 mar 2022, 22:54
Murabbiyning fikricha, madridliklar ikki o'yinda ham MYUdan kuchliroq o'ynashgan.

"Manchester Siti" klubi bosh murabbiyi Xosep Gvardiola YCHL 1/8 finalidan o'rin olgan "Manchester Yunayted" - "Atletiko" o'yini haqida gapirdi. Bundan tashqari, o'zining chorak finaldagi raqibi bo'lmish "Atletiko" haqida ham fikr bildirdi.

"Ular "Liverpul", "Portu" va "Milan" o'rin olgan qiyin guruhdan chiqishdi. "Atletiko" MYUdan 180 daqiqa yaxshiroq o'ynadi. Madridda ular juda ajoyib o'yin o'tkazishdi.

"Atletiko"ning asosiy ustunligi - ular siz qanday futbol o'ynashingizga e'tibor qaratishmaydi. Ularga qarshi o'z o'yiningni ko'rsatish juda qiyin. Ammo biz yarim finalga chiqishni istaymiz. Ishonamanki, ular bizga to'qnash kelishlaridan biroz bezovta bo'lishmoqda", -deydi Xosep Gvardiola.

Eslatib o'tamiz, YCHL chorak final o'yinlari 5-6 aprel kunlari o'tkaziladi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: www.mancity.com