Pellegrini Ispaniyaga qaytishi mumkin

"Xebey Chayna Forchun" bosh murabbiyi Manuel Pellegrini "Betis"da ish boshlashi mumkin, deb xabar bermoqda Radio Sevilla.
Yaqin orada "Betis" ustozi Gustavo Poyet o'z lavozimidan ajralib qolishi mumkin. Agar iste'fo kuzatilsa Pellegrini "Betis" murabbiyligi uchun asosiy nomzodlardan biri bo'ladi.
 
Biroq Pellegrini Xitoy klubida yiliga 4 million evro maosh oladi. "Betis" esa murabbiyga buncha pul taklif qila olmaydi. 
 
Eslatib o'tamiz, u Ispaniyada "Vilyarreal", "Malaga" va "Real" klublarini boshqargan.

Manba: Radio Sevilla