Pele Ronalduga: “Senga muxlislik qilaman!”

Eldor Akmurzayev
24 iyun 2021
Afsonaviy Pele Portugaliya TJ sardori Krishtianu Ronalduga tabrik yo'lladi.

Ronaldu Evro-2020 guruh bosqich oxirgi turida Fransiya (2:2) darvozasini ikki bor ishg'ol etdi va terma jamoa miqyosidagi gollar soni bo'yicha eronlik Ali Dayining rekordini takrorladi – 109 gol.

“Navbatdagi rekord bilan tabriklayman. Senga muxlislik qilaman!”, deya Ronalduning sahifasidagi post ostiga izoh qoldirgan Pele.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia