Pele: "Neymar PSJga o'tib, to'g'ri ish qildi"

Mirjalol Normatov
15 iyun 2018
Futbol qiroli Pele PSJ futbolchisi Neymar jamoasini o'zgartirib, to'g'ri ish qilganini aytdi.

"Neymar jamoasini o'zgartirgani - oldinga tashlangan qadam bo'ldi. "Barselona"da u har doim Messining soyasida bo'layotgandi. Parijda esa u jamoani o'zi atrofida qurish mumkinligini isbotlamoqda. Shuningdek, u 10-raqamli futbolchilarning orasida yetakchi bo'lib olishi ham mumkin.

Unga ko'p mablag' to'landi? Ayni damda u va yana 2 futbolchi uchun shunday mablag' to'lasang arziydi", - dedi Pele.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: L`Equipe